Özbekiston Opensignal mobil tarmoqlar faoliyati reytingida oxirgi örinlarda qayd etildi.
Opensignal servisi dunyo mamlakatlarining mobil tarmoği faoliyati böyiça yangi reytingini taqdim etdi. Unga köra, internet tezligi böyiça eng oxirgi örinlarni Iroq (1,6 Mbit/s), Jazoir (3,1 Mbit/s), Nepal (4,4 Mbit/s) va Özbekiston (5 Mbit/s) egalladi.
Reytingda internet eng yaxşi faoliyat körsatuvçi mamlakatlar sifatida Janubiy Koreya, Norvegiya va Kanada e'tirof etildi.

Opensignal reytingiga köra, internet tezligi böyiça oxiridan törtinçi örinda qayd etilgan Özbekiston 4G tarmoğidan foydalaniş imkoni böyiça eng oxirgi örinni egallagan. Zero, ma'lumotlarga köra, mamlakatdagi örta statistik abonent 49,9 foiz holatda 4Ğga kiriş imkoniga ega. Bu borada yetakçilar – Janubiy Koreya, Yaponiya va Norvegiya mamlakatlari.












