2019 yilning 1 iyunidan boşlab Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazning narxi oşmaydigan böldi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Moliya vazirligining matbuot xizmati.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi №897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boşlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uçun narxlar oşirilişi nazarda tutilgandi. Çunonçi, maişiy iste'molçilar uçun 1 metr kub tabiiy gazning narxi hozirgi 320 sömdan 350 sömgaça, elektr energiyasining 1 kilovatti hozirgi 250 sömdan 280 sömgaça oşişi kerak edi.

«Tabiiy gaz va elektr energiyasiga belgilangan narxlar oşiriladi, lekin 1 iyundan emas. Biz narx oşirilişini vaqtinça töxtatib qöydik», — deyişgan Moliya vazirligidagilar.

Avvalroq, Markaziy bankdagilar fevral-mart oyidagi çöqqiga erişilgaç, yillik inflatsiya pasaya boşlaşi, biroq iyun oyidagi elektr energiyasi va tabiiy gazga avvaldan belgilangan narx oşirilişi uning pasayişini töxtatuvçi omil bölib xizmat qilişini aytib ötişgan edi.

«2019 yilda inflatsiya sur'ati tezlaşişining asosiy xatarlari iqtisodiyotda yuqori inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolişi, QQS böyiça yangi tölov mexanizmining joriy etilişi hisobiga alohida tovar va xizmatlar narxlarining ösişi, şuningdek energiya resurslari narxlari oşirilişining ikkilamçi ta'siri kölamining kengayiş ehtimolining mavjudligi bilan boğliq», — deyişgandi yanvarda MBdagilar.