Vazirlar Mahkamasining 28.05.2019 yildagi 440-son qarori bilan 2019-2023 yillar davri uçun ölçaşlar birligini ta'minlaş Milliy tizimini rivojlantiriş va takomillaştiriş konsepsiyasi va uni amalga oşiriş böyiça Amaliy çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
 
Konsepsiya:

• Xalqaro qonunçilik metrologiya taşkilotining (OIML) körsatma va tavsiyalarini hamda boşqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, ölçaşlar birligini ta'minlaş milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinişini ta'minlaş;
• metrologik faoliyat sub'yektlarining funksional vazifalari va mas'uliyat sohalarini aniq çegaralagan holda, ölçaşlar birligini ta'minlaş Milliy tizimining tuzilmasini takomillaştiriş;
• Özbekiston etalon bazasini rivojlantiriş, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa, respublika hududlarida modernizatsiya qiliş hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş ustuvor yönalişlarining metrologik ta'minot darajasini oşiriş;
• ölçaş vositalarini kalibrlaş tizimini rivojlantiriş va takomillaştiriş orqali mahalliy mahsulot sifatini va raqobatbardoşlikni oşiriş uçun şaroit yaratiş, xalqaro va mintaqaviy metrologiya taşkilotlari bilan metrologiya böyiça özaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantiriş va kengaytiriş. Özbekistonning xalqaro iqtisodiyotga va ölçaşlar birligini ta'minlaş xalqaro tizimlariga teng huquqli şerik sifatida integratsiyalaşuviga kömaklaşiş;
• kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça samarali tizim şakllantiriş, ölçaşlar birligini ta'minlaş sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantiriş;
• metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qöllanişini kengaytiriş hamda ölçaşlar birligini ta'minlaş tizimining işlaşini, şu jumladan bajarilayotgan işlar va xizmatlarni axborotlaştiriş hamda avtomatlaştiriş darajasini oşirişga qaratilgan.
 
Belgilangan maqsadlarga erişiş uçun davlat-xususiy şeriklik şartlarida ölçaş vositalarini kalibrlaşni amalga oşiradigan, akkreditatsiyalangan yangi ölçaş laboratoriyalarini, Metrologiya böyiça ilmiy-texnik komissiyani  taşkil etiş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, “Özbekiston milliy metrologiya instituti” DK tizimida fizik konstantalar hamda modda va materiallar haqida standart axborot ma'lumotlar xizmati, şuningdek, putur yetkazmaydigan tekşiruv xizmati hamda vaqt va çastota xizmati taşkil etiladi.