Suriyadan qaytganlar: «Bizni qutqarib oliş oson bölmadi...»
|06:43 / 31.05.2019108 6738 min
30 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriği bilan 156 nafar vatandoşimiz Yaqin Şarqdagi qurolli harakatlar davom etayotgan nuqtalardan Özbekistonga qaytarildi. Ular Toşkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Respublika maxsus xizmatlari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oşirilgan «Mehr» nomli mazkur amaliyot doirasida vatanga qaytarilganlarning asosiy qismini ayollar va yoş bolalar taşkil qiladi. Jumladan, ulardan 48 nafari ayollar va 107 nafari esa yoş bolalardir.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, uşbu gumanitar amaliyot inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga töliq rioya etgan holda, şuningdek, xalqaro gumanitar huquqning me'yor va tamoyillaridan kelib çiqib amalga oşirildi. «Bu xorijiy jangari-terroristlar bilan aloqador hamda terrorizm qurbonlari bölişi mumkin bölgan ayollar va bolalarga yordam körsatiş muhimligi BMT Xavfsizlik kengaşining 2396-rezolyutsiyasi bilan ham tasdiqlangan», deyiladi bayonotda.
Toşkent xalqaro aeroportidagi kutib oliş tadbirida qatnaşgan Kun.uz muxbiri tadbir jarayonlarini yoritişi bilan birga ekstremistik va terroristik taşkilotlarning ğoyalari qurboni bölgan turmuş örtoqlari yoki boşqa yaqinlari ta'sirida öylamay qadam bosgan ayollar va ularning bolalaridan bir neçtasi bilan suhbatlaşdi.
«Dadam uruşda öldi, endi maktabda öqimoqçiman» (Birinçi suhbatdoş Zarina, 11 yoşda)
Samolyotdan tuşib kelayotgan bu qizaloqni suhbatga tortar ekanmiz, uning közlaridagi mung va özi aytib bergan taqdirini eşitib dahşatga tuşdik.
«U yoqqa (Suriyaga – tahr.) 3 yil avval dadam, onam bilan ketganmiz. Bu yerga (Özbekistonga – tahr.) onam bilan qaytdik. Dadam uruşda öldilar. Suriyada maktablar yöq edi, endi men ham maktabda öqimoqçiman».
Zarinani kuzatib qöyar ekanmiz, qöli boğliq holda samolyotdan tuşib kelayotgan keksa yoşli ayol e'tiborimizni tortdi.
«Ismim Fotima, yoşim oltmiş beşda. Bundan beş yil avval qizim va uç nabiram bilan öşa davlatdagi tanişlarimizning uy bepul, sizlarga köp pul beradi, degan va'dalariga işonib Suriyaga ketdik. Köp vaqt ötmay bizni çaqirgan yigitlarning özlari ham uruşda ölib ketişdi. Qaytişga esa yöl topolmadik», deydi suhbatdoşimiz.
Qölingizga nima böldi, deya berilgan savolga esa, ikki yil avval portlagan bombadan qöli qattiq jarohatlangani, tibbiy vositalar yöqligi tufayli vaqtida davolay olmay, hozirgi paytda qölini işlatolmay qolganini aytdi.
«Bizni qutqarib olgan insonlarning barçasidan Alloh özi rozi bölsin.
Eng oxirida bizni kurdlar qölidan qutqarib oliş ham oson bölmadi, lekin mana şu yigitlarimiz qat'iy turib bizni olib kela olişdi. Bir bor adaşdik, bizni keçirişlarini sörayman», deya köziga yoş oldi Fotima opa.
Foto: Prezident matbuot-xizmati
«Bizni olib kelişayotganda boşqalar havas qilib qolişdi» (Uçinçi suhbatdoş Şahrizoda Fayzullayeva, 40 yoşda)
Navbatdagi suhbatdoşimizning taqdiridagi bu kabi özgarişlarga oiladagi oddiy kelişmovçilik va oilaboşi - erkak kişining öylamasdan aytgan sözi (taloq – tahr.) sabab bölgan.
«Turmuş örtoğimning şu sözidan keyin uni qaytib oliş mumkinmi, yöqmi biliş maqsadida internet saytlariga kira boşladim.
Internet saytlardan savolimga javob izlab, Suriyada yaşayotgan özbek millatiga mansub bir kişi bilan tanişib qoldim. U Toşkent davlat yuridik universitetini tamomlagan, şu sohada köp yillar işlagan kişi ekan. Mening diniy masaladagi savollarimga ham javob berardi, hatto menga taloq masalasida fatvo berdi, afsuski, bu ma'lumotlarning köpi yolğon ekanligini keç bildim.
U doim bu yerda kuçli diniy bilim olasan, köp pul ham topasan derdi. Şu va'dalarga işonib, gulday qizimni taşlab Turkiya Respublikasi orqali Suriyaga ketdim.
Internet orqali tanişgan öşa inson meni Turkiya çegarasida kutib oldi va Suriyaning Raqqa şahriga olib ketdi.
Suriyadagi hayot haqiqatda oğir edi. Ayollarga yonida erkak kişi bölmasa köçaga çiqiş mumkin emas.
Fikrimça, inson körişi mumkin bölgan eng nohaq hayot tarzi aynan öşa uruş ketayotgan mamlakatda edi.
Suriyaga borib qolgan insonlarning aksariyati tez işonuvçan, omi odamlar bölgan. Menga alam qilardi, nahotki, men ham ular qatoridaman.
Suriyaga borganimning birinçi yilida qaytişimga işonardim, lekin oxirgi ikki yilda u yerda şunçalik köp uruşlar böldi, qattiq oçarçilik böldi va şunçalik köp odam öldiki, endi Özbekistonga qayta olişimdan umid uzdim, mening ham öligim öşa yoqlarda xor bölib qolib ketadi deb öylardim. Ölimni kutib yaşardim, şundan boşqa umid yöq edi menda.
Yonimdagi köpçilik yoş qizlar, bolalar faqat uruşni, buzilgan, vayron bölgan xaroba binolarni körişgan va çodirlarda yaşaşgan.
Samolyotda uçib kelar ekanmiz, ular Özbekistondagi baland binolar, yaşil tabiatni körişdi. Men ularga endi şu yerda, baxtli yaşaşlarini, öqib, ilm bilan şuğullanişlarini aytib dalda berdim.
Biz hozir qaytib kelgan joylarda hamon fransuzlar, inglizlar, malayziyaliklar, umuman, juda köp millat kişilari yaşaşadi. Yaqinda bizni uşlab turgan kurd askarlari bizni vatanimizga olib ketiş uçun yordam kelayotgani haqida aytişdi.
Buni eşitgan boşqa millatdagilar bizga şunçalik havas qilişdiki, men öşa paytda ilk bor özbek ekanligimdan, bizni yaxşi köruvçi insonlar, millatdoşlarim borligidan faxrlanib ketdim, köp yiğladim», deydi Şahrizoda Fayzullayeva.
Biz imkoniyatdan foydalanib, vataniga qaytgan yana bir neçta ayollar va bolalar bilan ham suhbatlaşdik. Va şuni tuşundikki, suhbatdoşlarimizdan aqlini tanib ulgurgani borki, ular vatanga qaytganidan xursand, adaşiş ortidan borib qolgan begona yurtda ularni qoldirib qöymagan mamlakat Prezidentidan minnatdor.
«Mehr» amaliyoti davomida Özbekistonga qaytarilgan vatandoşlarimiz havo kemasidan tuşişlari bilan ularga zamonaviy avtobuslar hozirlandi.
Aldov oqibatida özga yurtga borib qolib, oğir hayotiy davrni boşidan ötkazgan bu insonlarga endilikda hukumat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam körsatiladi. Ularning tinç hayotga qaytib, jamiyatga moslaşişlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda iştirok etişlari uçun zarur şaroit yaratiladi, boşpana va iş bilan ta'minlaş çoralari köriladi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz muxbiriga aytişiça, vataniga qaytarilgan köpçilik ayollar va bolalar fuqarolik xujjatlari mavjud emas, şu boisdan ularga tezkorlik bilan fuqarolik beriş çoralari köriladi. Ayollarga tegişli tartibda nafaqa ajratiladi, bolalar esa soğlomlaştiriş uçun vaqtinçalik bolalar boğçasi va maxsus maktablarga jalb etiladi.
«Ayollarning doimiy iş bilan band bölişini ta'minlaş maqsadida, tadbirkorlik uçun kredit mablağlari ajratiladi», deydi Abduhakimov.
Xabardagi ayrim şaxslarning ma'lumotlari özgartirildi.