Berkshire Hathaway kompaniyasi sohibi va dunyoning eng maşhur investorlaridan biri Uorren Baffett özi bilan tuşlik qiliş huquqini rekord qiymatga sotişga muvaffaq böldi, deya xabar beradi Economic Times.
Ma'lum bölişiça, öz şaxsini sir tutişni istagan boyvaçça Baffett bilan tuşlik qiliş huquqini qölga kiritiş uçun xayriya kimoşdi savdolarida 4,57 million dollar tölagan. Tuşlikning öziga xos jihati şuki investorga biznesga oid kelgusi rejalaridan taşqari har qanday savolni beriş mumkin.
Ma'lumki, Uorren Baffett 2000 yildan buyon har yili özi bilan tuşlik qiliş huquqini sotib keladi va tuşgan mablağni xayriyaga sarflaydi. Bu aksiya doirasida eng kam mablağ 2001 yilda 18 ming dollar tölangan bölsa, oldingi rekord 2012 va 2016 yillarda qayd etilgan – 3,45 million dollar.
Baffett nafaqat sayyoramizning eng badavlat odamlaridan biri (bugungi kundagi boyligi 81,5 milliard dollar), balki eng katta xayr qiluvçilarning yetakçisi hamdir.
Bundan oldin u öz boyligining 99 foizini hayotligida yoki vasiyati orqali xayriyaga sarflaşini ma'lum qilgandi.












