Baurjon Nukus şahri, Döstlik köçasidagi 23-uyda istiqomat qiladi. U kelajakda harbiy bölişni orzu qiladi. Afsuski, tuğma nogiron. Harbiy sohada sportning örni, ahamiyati beqiyos ekanligini yaxşi biladi. Agar jismoniy imkoniyati çeklanmaganida... u albatta harbiy xizmatçi bölib Vatanini himoya qilardi. Yaqinlarining aytişiça, Baurjon tengdoşlariga nisbatan zukko va tirişqoq ekan. U har doim yaqinlari mehri muhabbatini his qilib yaşayapti. Yaqinlari uning suyançiqlari. Lekin şunday bölsa ham hamma istaklarini ularga aytişga biroz istihola qiladi. Baurjonning yana bir orzusi bor u velosipedi bölişni juda-juda xohlaydi. 

6 yoşli Baurjon Yesenov Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi qöşinlari qömondoniga yozgan maktubida öz orzularini, istaklarini şunday bayon etadi. Özgalarga mehr-muruvvvat, xayru saxovat körsatiş millatimizning qon-qoniga singib ketgan. Bu azaliy qadriyatlarimizdan. Albatta, harbiylarimizning milliy qadriyatlarimizga hurmati baland. Ular ham saxovatni e'zozlaydi, özgalarga ezgulik ulaşib köngillarni nurafşon qilişni oliy maqsad, ezgu iş deb bilişadi.

Baurjonning maktubi e'tiborsiz qolmadi. Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni arafasida şaxsan harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Dilşod Çoriyev ularning uyiga taşrif buyurdi. Qömondonning qölidan bayram sovğasi – velosipedni qabul qilib olgan Baurjonning öşa damdagi quvonçini ta'riflaşga söz ojiz. Bu manzarani hayajon  bilan kuzatayotgan ona köz yoşlarini tiyolmadi.  

– Kutilmagan voqea böldi. Darvozadan kirib kelgan harbiylarni körib şoşib qoldim. Öğlimning quvonganini körsangiz edi, – deydi Baurjonning onasi Sovle opa. – Baurjon harbiylarni juda yaxşi köradi. Qömondon bilan suhbatda öğlim bu haqda ularga ham tölqinlanib gapirdi. Öğlim velosiped haydaşga qiziqadi. Lekin uning bu istagini amalga oşirişga moddiy imkoniyatimiz töğri kelmasdi.  Yaxşilarning kömagida Baurjonning istagi amalga oşdi. Bu kunni heç qaçon unutmaymiz. Ilohim, hayoti, kun-u tuni ezgulikka eş yaxşilarning umri ziyoda bölsin.
 
Şu kuni Sovle opa ham muruvvatdan benasib qolmadi. Unga mikrotölqinli peç, oilaning yana bir a'zosi – Dianaga esa badiiy kitoblar, yumşoq öyinçoqlar va şirinliklar taqdim etildi.

Şuningdek, okrug qömondonligining taşabbuskor guruhi bayram munosabati bilan Nukus şahar Donolar köçasi 56-uyda istiqomat qiluvçi, xizmat vazifasini bajariş vaqtida nogironlik orttirgan sobiq harbiy xizmatçi, 1-guruh nogironi Qalila Jumanovning ham xonadoniga taşrif buyurdi. Taşrif davomida Q.Jumanovning farzandlari Dilşodbek, Sardor va Mohinurga sport kiyimlari, şaxmat töplami va boşqa sovğalar topşirildi.

Tadbir doirasida Nukus şahridagi Melana restoranida Şimoli-ğarbiy harbiy okrug harbiy qism va muassasalari harbiy xizmatçilarining nogiron farzandlari uçun xayriya tadbiri ötkazildi. Tadbir doirasida konsert dasturi namoyiş etildi, bayram dasturxoni yozildi va kiçkintoy mehmonlarga sovğalar ulaşildi.