2019 yilning 31 may kuni soat 02:50da Toşkent şahar YoXB kuç va vositalarni boşqariş va muvofiqlaştiriş markaziga Toşkent şahar Olmazor tumani Usta Şirin köçasi 117-uyda joylaşgan MÇJ hududida ijarada bölgan boşqa MÇJga qaraşli omborxonada yonğin bölayotganligi töğrisida xabar tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotiga köra, xabar asosida yonğin joyiga zudlikda 8 ta asosiy va 1 maxsus yonğin öçiriş ekipajlari jalb etilgan. Körsatilgan manzilga bölinmalar 4 daqiqada yetib borgan vaqtida suv isitiş qozonlari va jihozlarini saqlaş omborxonasi oçiq alanga aralaş quyuq tutun bilan yonayotganligi ma'lum bölgan.

Körilgan çora va tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 04:03da qurşab olinib, soat 04:26da töliq bartaraf etilgan. Yonğin oqibatda MÇJga qaraşli omborxonaning 500 kv.m. maydonda tomi va içki qismi hamda unda saqlanayotgan jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Yonğindan binolarning 500 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yonğinni kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












