Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi köngilsiz holat videosi tarqaldi. Unda bir guruh şaxslar yovvoyi ayiqni tutib olib, uni ölasi qilib döpposlaganidan keyingi holat tasvirlangan.
Tasvirda bir yigitning odamlar orasida ayiqni körsatayotgani, jonivorning esa boş qismidan qon oqib, çalajon holatdaligini köriş mumkin.
Jurnalist Nargis Qosimovaning Facebook’da xabar berişiça, hodisa Qaşqadaryo viloyatida yuz bergan. Post muallifi bu şaxslarni javobgarlikka tortişni talab qildi.
«Qaşqadaryo viloyat ekologiya qömitasi zudlik bilan inson deb ataşga tilim bormayotgan bularni jazoga tortişi kerak. Mana, bizning tabiatga, jonivorlarga munosabat. Qönğir ayiq Xalqaro qizil kitobga kiritilgan! Bularni jazoga tortib, natijasini e'lon qiliş kerak. Boşqalarga ibrat bölişi uçun. Javobgarlikka tortişni talab qilaman. Bularning bari Qaşqadaryoda yuz beryapti», - deb yozadi N.Qosimova.
Ma'lumot uçun: Özbekiston Respublikasi Prezidenti 29 may kuni «Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasiga (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) özgartiriş kiritildi.
Endilikda, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş ularning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib kelsa, xuddi şuningdek hayvonlarni qiynaş eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Bundan taşqari, xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa yoxud birinçi qismda nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan şaxs hozirligida sodir etilgan bölsa eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Jinoyat kodeksi 202-moddasiga köra, ovçilik, baliqçilik yoki hayvonot dunyosining boşqa turlarini uşlaş qoidalarini buziş, noyob hayvonlarni tutişning belgilangan tartibi yoki şartlarini yoxud ösimliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yiğiş yoki tayyorlaş, şuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot va ösimlik olamidan foydalaniş tartibini buziş ança miqdorda zarar yetkazilişiga sabab bölsa eng kam oylik iş haqining ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.











