Rossiya Federatsiyasi Özbekiston fuqarolari uçun viza rejimi joriy qilişni rejalaştirmayapti, migratsiya oqimini tartibga soliş uçun boşqa turli vositalar mavjud. Bu haqda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev ma'lum qildi.

«Özbekiston bilan munosabatlarimiz haqida gapiradigan bölsak, bizda doimo şeriklik aloqalari bölgan. Biroq, qaysidir pallada ular rivojlanişdan töxtab, şu bosqiçda turib qoldi. Hozir Özbekiston prezidenti va hukumati iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirişga kirişdi. Biz bundan juda xursandmiz», - dedi Medvedev Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça «Rossiya 1» telekanalining «Vesti v subbotu» dasturiga bergan intervyusida.

Özbekiston fuqarolari uçun Rossiya vizalar joriy etadimi, degan savolga u salbiy javob berdi.

«Albatta, yöq. Biz hozir ham döstlarmiz, hamkorlarmiz. Haqiqatdan ham, iqtisodiyotlarimiz strategik jihatdan bir-biriga boğlangan va sönggi yillarda aloqalarga juda kuçli turtki berildi, yangi investitsiya loyihalari paydo böldi», - dedi boş vazir. U, xususan, Özbekistonda AES qurilişi şunday loyihalardan birini ekanini ta'kidlab ötdi.

Medvedevning sözlariga köra, vizasiz rejimni saqlab qolgan holda, migratsiya oqimlarini tartibga soluvçi boşqa turli vositalar mavjud.

«Buning uçun turli xil vositalar mavjud, jumladan taşkiliy tanlab oliş. Bunda şunday munosabatlar tartibga solinadi. Boşqalari ham bor... Nima bölgan taqdirda ham, bu tartibga solinadi», - dedi hukumat rahbari. 

Bundan oldin, Rossiya Özbekistonga öz milliy loyihalarini ham eksport qilmoqçi ekani xabar berilgandi.