Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati OTM soni bo‘yicha hududlar kesimida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro
O‘zbekistonda so‘nggi ikki kunda 2 ta OTM tashkil etildi: TIQXMMIning Qarshi hamda TDIUning Samarqand filiallari.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Samarqand shahrida TDIUning filiali ochilishi bilan viloyat OTM soni bo‘yicha hududlar kesimida poytaxtdan so‘ng ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Respublikadagi OTMlarning hududlar kesimida joylashuvi:
1. Toshkent shahri – 42 ta;
2. Samarqand viloyati – 10 ta;
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 9 ta;
4. Farg‘ona viloyati – 8 ta;
5. Surxondaryo viloyati – 6 ta;
6. Andijon viloyati – 5 ta;
7. Toshkent viloyati – 5 ta;
8. Buxoro viloyati – 4 ta;
9. Qashqadaryo viloyati – 4 ta;
10. Namangan viloyati – 3 ta;
11. Xorazm viloyati –3 ta;
12. Jizzax viloyati – 2 ta;
13. Navoiy viloyati – 2 ta;
14. Sirdaryo viloyati – 1 ta.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi yurtimizda oliy ma'lumotli bo‘lishga nisbatan talabning yuqoriligini inobatga olgan holda fuqarolar uchun oliy ta'lim olish imkoniyatini oshirib boradi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kelgusi yillar davomida OTMlar tarmog‘i yanada kengaytirilib, nafaqat viloyat markazlari va yirik shaharlarda, balki respublikaning tumanlarida ham mahalliy hamda xorijiy OTMlar va ularning filiallari tashkil etiladi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 104 ta OTM faoliyat ko‘rsatadi, shundan 87 tasi mahalliy va 17 tasi xorijiy OTM va ularning filiallari. Respublikadagi 104 ta OTMdan 92 tasida o‘quv-tarbiya jarayonlari olib borilmoqda, 12 tasiga talabalar 2019/2020 o‘quv yilidan qabul qilinadi.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026