46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi Markaziy Osiyoda ilk bor Özbekistonda ötkazilmoqda. 15-sentabr kuni uning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi, 16-sentabrdan esa asosiy bahslar - birinçi tur öyinlari boşlandi.
Olimpiadaning rasmiy oçiliş marosimidan avval xalqaro matbuot anjumani ötkazildi.

Unda FIDE prezidenti vazifasini bajaruvçi Vişvanatan Anand, Özbekiston şaxmat federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Alişer Saʼdullayev, şuningdek, Özbekiston terma jamoasi vakillari jurnalistlar savollariga javob berdi.
Özbekiston uçun bu Olimpiada oddiy musobaqa emas. Özbekiston bir vaqtning özida jahon şaxmatining eng yirik jamoaviy turniri, Paraşaxmat olimpiadasi va FIDE Kongressini qabul qilmoqda.

Bu yilgi Olimpiada iştirokçilar va jamoalar soni böyiça rekord körsatkiçni qayd etmoqda. Musobaqada jami 397 ta jamoa, jumladan, erkaklar guruhida 207 ta va ayollar guruhida 190 ta jamoa ğoliblik uçun bahs olib boradi. Bellaşuvlarda 1970 nafar şaxmatçi, şu jumladan, 238 nafar grossmeyster iştirok etmoqda.
Şu kuni keçqurun 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Tantana Samarqanddagi «Silk Road» xalqaro turizm markazida ötkazildi.
Marosimda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov Prezident Şavkat Mirziyoyevning Olimpiada iştirokçilariga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi.
Oçiliş marosimida xalqaro şaxmat taşkilotlari vakillari, xorijiy delegatsiyalar, milliy terma jamoalar va sport jamoatçiligi iştirok etdi.




















