Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyaçisi Xose Antonio Reyyes bugun, 1 iyun kuni 35 yoşida vafot etdi.

«Sevilya» klubi rasmiy tvitterida tasdiqlanişiça, u yöl-transport hodisasi qurboni bölgan. Hozirça YTH tafsilotlari ma'lum emas.

Reyyes «Sevilya» tarbiyalanuvçisi edi. U uşbu klubdan taşqari «Arsenal», «Real», «Atletiko», «Espanol», «Kordoba» hamda Xitoyning «Sinszyan Tyanşan Leopard» klublarida öynagan. 2019 yildan Xose Antonio Segundaning «Estremadura» jamoasida töp tepgandi.

Reyyes – klub futbolida jami 11ta sovrinni qölga kiritgan, Angliya va Ispaniya çempioni bölgan. U APLda oltin medal olgan ilk ispaniyalik futbolçi sanaladi. Şuningdek, Reyyes «Sevilya» va «Atletiko» tarkibida 5 marotaba Yevropa ligasida ğolib çiqqan, bu – musobaqa tarixidagi rekord körsatkiçdir.

Xose Antonio Reyyes Ispaniya milliy jamoasida 22ta öyin ötkazib, 4ta gol urgan; JÇ-2006da iştirok etgan.