Özbekistonning Qozon şahridagi boş konsuli Fariddin Nasriyev "Tatarstan" naşrining "Tahririyat oşxonasi"da samarqandça palov tayyorladi.
Diplomat uşbu milliy taom respublikaning har bir viloyatida öziga xos usulda tayyorlanişini va uni tayyorlaşning yuzlab usullari mavjud ekanligini aytdi.

"Özim qadimiy Samarqand şahridan bölganligim uçun samarqandça palovni yoqtiraman. Uyda bu taomni tez-tez tayyorlaymiz", - dedi Nasriyev.

Palov tayyorlaş jarayonida boş konsul Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktyabrdagi Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi haqida ham sözladi.
"Umumiy qiymati 27 mlrd dollardan ortiq kelişuvlar imzolandi. Taşrif doirasida birinçi Rossiya-Özbekiston mintaqalararo forumi ötkazildi", - dedi u.
Fariddin Nasriyev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov hamda Tatariston hukumatiga uşbu forumda faol iştirok etganligi uçun minnatdorlik bildirdi.













