“Tolibon” harakati yetakçisi Haybatulla Oxunzoda guruhning öz maqsadlariga erişiş uçun jangovar harakatlarni davom ettirişini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlaşiça, “Tolibon” Afğoniston hukumatiga qarşi kuraşda boşqa heç qanday yaraşuvlarga amal qilmaydi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.
Şu tariqa, Oxunzoda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğanining qisqa fursatlarda butun mamlakat böylab öt oçişni töxtatişni e'lon qiliş taklifini rad etgan. Şu bilan birga, “Tolibon” yetakçisi muzokaralar uçun eşiklar oçiq qoldirilişini aytgan.
“Heç kim biz maqsadlarimizga erişişimizdan oldin bizdan muqaddas uruşning qizib turgan janglarini muzdek suv bilan sovitişimizni yoki ötgan 40 yildagi qurbonlarimizni unutişimizni kutmasligi kerak”, deb aytgan Oxunzoda.
Şu bilan birga toliblar Vaşington bilan aloqani davom ettirmoqçi. AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Halilzod iyunda Dohada muzokaralarning yangi raundini ötkazadi.












