Ukrainada 2020 yildan bolalar uylariga bolalarni qabul qiliş töxtatiladi. Bu haqda Ukraina soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajaruvçi Ulyana Suprun xabar qildi.
Suprunning aytişiça, Ukrainada ijtimoiy ta'minlanmagan oilalar farzandlari öz ota-onalari bilan tölaqonli voyaga yetişlari uçun barça şaroitlar yaratiladi. Boşqa vaziyatlarda baloğatga yetmagan bolalar asrab oluvçi oilalarga taqsimlanadi.
“Eng yaxşi internat ham oila örnini bosolmaydi. Ukrainada bunday muassasalarda yaşovçi bolalarning 8 foizigina yetim-yesir bolalardir. Qolganlarining esa qiyin ahvolda qolib, farzandini tarbiyalay olmayotgan otasi yoki onasi, yoki ikkala ota-onasi ham bor”, deb yozgan Suprun Facebook’da.
Şu tariqa, 2020 yildan Ukrainada bolalar uylari tibbiy reabilitatsiya va palliativ yordam markazlariga aylantiriladi.
Suprunning ta'kidlaşiça, özgarişlar natijasida bolalar boşpanasiz qolmaydilar. Bolalar uylarining barça tarbiyalanuvçilarini patronat va asrab oluvçi oilalarga beriş rejalaştirilgan.












