Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida yuz berayotgan jarayonlarni hozirça kuzatmoqda, bu birlaşmaning eşiklari oçiq, biroq unda iştirok etiş - har bir davlatning içki işi. Bu haqda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev ma'lum qildi.

«Bu ularning pozitsiyasiga boğliq. Biz har doim heç kimni majburlamaslik tamoyilidan kelib çiqqanmiz», - dedi Medvedev VGTRK’ga bergan intervyusida Özbekistonning YeOIIga ehtimoliy qöşilişi haqida gapirarkan.

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, «Yevrosiyo ittifoqining eşiklari bizning hamkorlarimiz uçun oçiq». Uşbu birlaşmaga a'zo böliş muayyan afzalliklar beradi, deya eslatgan u. Bunday holatda aynan uyuşma iştirokçilariga mavjud bölgan ma'lum bir imtiyoz va preferensiyalar mamlakat uçun amal qila boşlaydi.

«Ammo, albatta, bu har bir davlatning içki işi, Özbekistonlik döstlarimiz yuz berayotgan jarayonlarni hozirça kuzatmoqda», - deya xabar qilgan Medvedev.

Bundan oldin, Dmitriy Medvedev Rossiya Özbekiston fuqarolari uçun vizalar joriy qilmasligini aytgandi.