Toşkent viloyati hokimligida Prezident raisligida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişi davomida Quyi Çirçiq tumani hokimi Sobir Murodov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi mahsulot Respublikadagi örtaça darajadan past bölgani uçun Prezident topşiriğiga köra, Quyi Çirçiq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi», deyiladi xabarda.
Prezident viloyatning boşqa tumanlaridagi ahvolni ham tanqid qilgan.
«Quyi Çirçiq, Bekobod, Ohangaron, Böka...
Aholi yaşaş şaroiti respublikaga nisbatan 3 baravar kam. Viloyatda 121 ming kişi işsiz, 117 ming kişi xorijda - işlagani ketgan, 137 ming yoş iqtisodiy oğir ahvolda.
117 ming kişi - xorijda. Şular bizdan rozimi? Onasi har kuni bolasini duo qilmagani uçun bizdan rozimi?
Nuroniylar gapirmaydi. «Bağrikengmiz, bağrikengmiz...» gapiringlar. Aççiq-aççiq qilib gapiringlar...», degan prezident.
Sobir Murodov 2018 yilning fevralida Botir Rahimov örniga Quyi Çirçiq tumani hokimi lavozimida iş boşlagandi. Botir Rahimov esa 2017 aprelidan tumanga rahbarlik qilgandi.
Endi tumanga kim yangi hokim bölişi hozirça ma'lum emas.












