Yölovçilar dispetçer ovoziga diqqat bilan quloq solişadi, çiqiş joyiga ötişadi, çiptani röyxatga oliş joyida rasmiylaştiradilar va öz poyezdlarini kutişadi. Şvetsiya poytaxti Stokgolmdagi temir yöl vokzali bir qaraşda ana şunday. Töğri, u butun dunyodagi aksariyat temir yöl vokzallaridan farq qilmaydiganga öxşaydi.

Foto: TravelAsk

Aslida esa bunday emas. Poytaxt vokzali nafaqat öz vazifasini bajaradi, balki u yerdagi odamlar hisobiga issiqlik energiyasini ham işlab çiqaradi.

Bu ğaroyib bölib körinadi, biroq temir yöl vokzali yölovçilari issiqlik manbai ham bölişi mumkin. Ammo uni ajratib olişni biliş zarur. Jernhusen şved kompaniyasi muhandislari ana şu muşkul vazifani uddalaşdi.

Kunlik yölovçi oqimi 200 ming kişidan ortiq Stokgolm vokzali issiqlik energiyasining bitmas-tuganmas manbai sanaladi. Har bir odam atrof-muhitga muayyan issiqlik miqdorini ajratadi. Vokzal binosidagi odamlar kiyim kiygani, köpinça şoşişi va asabiylaşişi hisobga olinsa, ofisdagi odamlarga qaraganda köproq issiqlik ajratadi. Bu kabi odamlar köp töplanadigan joylarda qulay havo haroratini ta'minlaş uçun ventilyatsion tizimlar örnatiladi. Biroq poytaxtdagi asosiy vokzal harorat nazorati şunday tuzilganki, yölovçilar tomonidan ajratilgan issiqlik atrof-muhitga tarqalmaydi, undan suv töldirilgan rezervuarlarni isitiş uçun foydalaniladi.

Foto: TravelAsk

Vokzaldan u qadar uzoq bölmagan yerda 13 qavatli ofis binosi joylaşgan. Uni isitiş uçun yölovçilardan ajralgan issiqlikdan foydalaniladi. Qizigan suv maydoni 30 ming kv. m bölgan binoga kelib tuşadi va odatda ofisni isitiş uçun sarflanadigan energiyaning çorak qismini tejaydi. Yevropa ölçamlariga köra uzoq davom etuvçi qiş fasliga ega şved iqlimi uçun bunday tejamkorlik ahamiyatli körsatkiçni namoyiş etadi.

Qayd etiş joizki, köp sonli odamlar hisobiga bu kabi isitiş tizimi boşqa joylarda ham mavjud. Energiyani bu usulda oliş ayrim savdo markazlari va metro stansiyalarida ham bor. Finlyandiyadagi korporativ binolardan birida esa köp sonli kompyuterlar işlaşi natijasida ajraladigan energiya töplanadi.