Qayd etilişiça, respublika böyiça yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uçun aholining debitor qarzdorligi 2 trln 100 mln sömga teng.
“Issiqlik ta'minoti korxonalarining gaz, elektr va sovuq suvdan qarzi ikki yarim trillion sömni taşkil etmoqda. 20 ta issiqlik ta'minoti korxonasi joylarga çiqib, aholiga tuşuntiriş işlarini olib bormoqda. Iloji bölmagan hollarda yozma ogohlantirişlar taqdim etmoqda, sud organlariga murojaat qilib, majburiy tartibda undiriş çoralari körilmoqda”, dedi Qurbon Tursunov.
Bildirilişiça, aholining tölov intizomiga amal qiladigan qismi 50-60 foizdan iborat. Qolgan 35-40 foiz aholiga şu kabi çoralar körilmasa, tölovni undiriş imkoniyati çegaralangan.
Avvalroq, Toşkent şahar issiqlik ta'minoti Fransiya kompaniyasiga 30 yilga berilayotgani xabar qilingandi.












