Kun.uz tahririyatiga Jizzax şahrining «Bunyod» mahallasidan tezkor murojaat kelib tuşdi. Ma'lum qilinişiça, mahalla hududi kuçli yomğirlardan keyin hosil bölgan seldan jiddiy talofat körgan. 

Avtomobil yöllari ham suvga tölib, harakat töxtab qolgan. Qator uylar va qurilişlar butunlay buzilib ketgan.

Qayd etilişiça, Jizzax şahridan çiqib, Ğallaorol tumani tomon ketiş yöliga yaqin joylaşgan «Bunyod» (sobiq «Boğişamol») mahallasi bu muammoga birinçi marta duç kelmayapti. Aholining sel yöliga ham quriliş qilib yuborgani, mutasaddilarning ariqlar kömilib ketişiga köz yumişi natijasida şu yilning özi hududni ikki marta sel bosgan.

Ayni paytda aholi hududni tark etişdan boş tortmoqda va aksariyati bolalari bilan tepalik va tomlarda ötirişibdi. 

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari iş olib borişmoqda.