2019 yilning 1 iyun kuni soat 20:44 da Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Istiqlol” MFY, M.Ahmedov köçasida harakatlanib ketayotgan “GAZ-53” rusumli yuk avtomobilida yonğin sodir bölayotganligi haqida Dehqonobod tumani YoXB dispetçerlik xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabariga köra, voqea joyiga 2 ta yonğin öçiriş bölinmalari yuborilgan. Bölinmalarning tezkor harakatlari natijasida yonğin bartaraf etilgan. 

Yonğin oqibatida yuk avtomobilining motor, salon va bort qismi qisman zararlangan hamda ustiga ortilgan xaşagi yongan. Yuk avtomobilidagi yonğinni öçirişga uringan haydovçi fuqaro R.M. va yölovçi fuqaro D.X.lar kuyiş tan jarohati bilan şifoxonaga yuborilgan. 

Yonğinning taxminiy sababi avtomobilning elektr simlarida qisqa tutaşuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.