Ekspertlar Moskva aholisi ta'mirlaş uçun eng köp olib keladigan smartfonlarni ma'lum qilişdi, deb yozadi «Kommersant'».

Ma'lum bölişiça, eng köp işdan çiqadigan smartfonlar iPhone 6, 5S, 5 va 6S ekan. Apple qurilmalari ta'mirlaşga berilgan barça smartfonlarning uçdan bir qismini taşkil etadi. Keyingi örinda Samsung A5, S3 va A3 modellari (18 foiz) va Xitoyda işlab çiqarilgan smartfonlar joylaşgan (27 foiz). Xitoy smartfonlari orasida eng köp ta'mirlaşga beriladiganlari Huawei Nova 2, Honor 8, Xiaomi Redmi Note 4 va Redmi 4X hisoblanadi.  

Apple smartfonlari nosozligida eng köp uçraydigan sabab batareyaning işdan çiqişi (30 foiz holatlarda), Xitoy brendlarida ekran işdan çiqişi (56 foiz holatlarda), Samsung modellarida esa korpusni ta'mirlaşdir (20 foiz holatlarda).