Özbekiston Milliy universiteti, matematika fakultetining 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev Xalq ta'limi vazirligida yangi taşkil etilayotgan Fan olimpiadalari böyiça iqtidorli öquvçilar bilan işlaş Departamentida iş boşladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

24 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ÖzMUda oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yoş tadqiqotçilar bilan uçraşdi. Mazkur uçraşuvda S.Bozorboyev öz tajribasi, şuningdek, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi öquvçilarini xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hamda Rossiyada bölib ötgan tanlovlarda munosib iştiroki xususida töxtalib ötgan edi.

Prezident Sardor Bozorboyevni Xalq ta'limi vazirligiga işga oliş böyiça taklif berdi.

Xalq ta'limi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari böyiça iqtidorli öquvçilar bilan işlaş Departamentida öz faoliyatini boşladi. Sardor Bozorboyev öz tajribasidan foydalanib, yoşlarni turli olimpiadalarga tayyorlaydi, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Şavkat Mirziyoyev Sardor Bozorboyevga avtomobil sovğa qilgani xabar berilgandi.