Har kuni dunyoda köp miqdordagi plastik idişlardan foydalaniladi. Plastik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. U atrof-muhitga qay darajada zarar yetkazişi haqida esa hatto öylamaymiz ham.

Singapurda bu muammoga befarq bölmagan odamlar plastik idişlardan ğor yaratişga qaror qilişdi. Aytiş joizki, bu joy sayyohlar orasida dong qozondi. Ğorni yaratiş uçun barça yirik savdo markazlaridan finjon va stakanlar töplandi.
Tozalangan plastik idişlardan barpo etilgan ğor – Plastikophobia nomini oldi.

Aytiş joizki, bu nom juda ğaroyib. Bu kabi sözni heç bir luğatdan izlab topolmaysiz. U insonning plastikka bölgan munosabatini yuz foiz aks ettiradigan norasmiy nomdir.

Ğorni yaratiş uçun köngillilar köp vaqt sarflaşdi. 30 soat davomida plastik idişlar uyumini yuvişdi. Obektni yaratiş ustida 30 nafar kişi işladi. Natijada 18 ming dona stakandan foydalanişdi.

Singapur aholisi misolida butun dunyodagi odamlar #plastikophobia xeştegi bilan ijtimoiy tarmoqlarda fleşmoblarni tarqatişdi. Ehtimol, bu kabi global aksiya odamlarni kundalik hayotda plastikdan foydalanişni qisqartirişga majbur qilar. Yana kim biladi deysiz?











