3-4 iyun kunlari Toşkent şahar hokimligi tomonidan taşkil etilgan tadbirda 500 kişiga Prezident sovğasi – bepul uy kalitlari topşirildi.

Poytaxtning jami 11ta tumanidan komissiya asosida tanlab olingan ikki toifadagi fuqarolarga – uy-joyga muhtoj, oğir vaziyatga tuşib qolgan, nogironligi bölgan, boquvçisini yöqotgan, yolğiz ayollarga hamda Fanlar akademiyasi qoşidagi ilmiy-tekşiriş institutlarining ilmiy tadqiqotçilari, oliy ta'lim muassasalarida ilmiy izlaniş olib borayotgan doktorant va tayanç doktorantlariga Sergeli tumani Şoştepa mahallasi Özar köçasida Turkiya texnologiyalari asosida bunyod etilgan yangi köpqavatli uylarning kalitlari topşirildi. 

Yangi uy kalitlarini topşiriş marosimida Toşkent şahar xotin-qizlar qömitasi raisi, hokim örinbosari Dilbar Najmiddinova nutq sözladi.

«Oilalarning farovonligini ta'minlaş, unda tarbiya topayotgan farzandlarning har jihatdan barkamol bölişi uçun barça qulayliklarga ega turar joyning bölişi muhim ahamiyatga ega. Bu Ramazon hayiti arafasida qilinayotgan mazkur xayrli işning davlat siyosati darajasida ekanligini körsatadi», – deydi u.

«Islohotlarni çetdan kuzatiş yaxşi. Ammo yurtingda bölayotgan özgarişlarning ta'sirini töğridan-töğri öz hayotingda his qiliş boşqaça ekan. Hayotimdagi qiyinçiliklardan söng hukumatning körsatgan moddiy yordamidan juda xursandman», – deydi yangi uyga sohib bölgan Rimma Xaçaturyan.

Şuningdek, kalitlarni topşiriş tantanasidan söng yangi uy sohiblari uçun iftorlik dasturxoni ham yozildi.