Germaniyaning Deutsche Bank banki Venesuelaning 20 tonna oltinini musodara qildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

2016 yilda Venesuela bankdan 750 mln dollar miqdorida kredit olib, garov sifatida bankka 20 tonna oltin bergan. Kreditni qaytariş muddati 2021 yilda yakunlanişi kerak bölgan, biroq Karakas kelişuv şartlarini bajarmay, foiz tölovlarini amalga oşirmagan. Şu sababli bank garovga qöyilgan oltinni musodara qilişga qaror qilgan.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Venesuela muxolifati vakillari bank bilan muzokaralar olib bormoqdalar va qöşimça 120 mln dollar tölaşni söraşmoqda. Siyosatçilarning fikriça, uşbu summa kredit bilan oltin narxidagi farqni qoplaydi. Muxolifat bu pulni amaldagi prezident Nikolas Maduro kira olmaydigan alohida hisobraqamiga ötkazilişini istamoqda.

Ta'kidlanişiça, nemis banki va Venesuela markaziy banki vakillari vaziyatga izoh berişdan boş tortişgan.