Keça, 4 iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida soat 18:30da «Neksiya-3» avtomobili haydovçisi 42 yoşli T.L. mavze içidagi yöl çetida turgan 12 yoşli A.G., S.I. va S.Ya.ga kelib urilgan.

Poytaxt IIBB xabariga köra, YTH natijasida A.G. voqea joyining özida halok bölgan. S.I. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Şifokorlar uning holatini barqaror deb baholaşayotgani aytiladi. Uçinçi bola - S.Ya., ambulator şaroitida körikdan ötkazilib, söng uyga javob berildi.

Haydovçi voqea joyidan ketib qolmagani, öşa yerda bölgani va tergov harakatlarini ötkazişda faol yordam körsatgani aytiladi. Haydovçining sözlariga köra, u gaz va töxtaş tepkilarini adaştirib yuborgan.

Toşkent şahar IIBB YHXB boşliği, podpolkovnik R.Jalilov, IIBB boşliği örinbosari - tergov boşqarmasi boşliği, polkovnik Z.Alimov, Yunusobod tumani IIB xodimlari voqea joyiga çiqişgan.

Uşbu holat böyiça Yunusobod tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoiy iş qözğatildi.

Bildirilişiça, uşbu iş nazoratga olingan. Tergovning qonuniyligi ta'minlanadi. Dastlabki tergov natijalariga köra, qonuniy qaror qabul qilinadi.