Anapada bölib ötgan yiğilişda MDH davlatlari mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni rivojlantiriş rejasini ma'qullaşdi, deb ma'lum qildi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu.

Uning sözlariga köra, "2025 yilga qadar harbiy hamkorlikni rivojlantiriş asoslari ma'qullandi, hamkorlikning asosiy yönalişlari qöllab-quvvatlandi".

"Yiğiliş qatnaşçilari qöşma harbiy tizimlarni rivojlantiriş sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş borasida fikr bildirişdi. Havo hujumidan mudofaa, aviatsiya parvozlari xavfsizligi, topografik ta'minot, harbiy kadrlarni tayyorlaş masalalari böyiça amaliy hamkorlik qiliş ma'qullandi", - dedi Şoygu.

Uning bildirişiça, havo hujumidan mudofaa birlaşgan tizimi qöşinlari iştirokida qöşma öquv maşğulotlari ötkaziş hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan uçinçi harbiy-sport öyinlarini ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.