AQŞda intensiv davolaniş bölimi şifokori 25 bemorni öldiriş ayblovi bilan hibsga olindi. U bemorlar organizmiga oğriqsizlantiruvçi vositaning haddan ziyod katta dozalarini kiritgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
43 yoşli Uilyam Xyuzel özini aybdor deb tan olmagan va sudya uning sudgaça ozodlikka çiqarilişi uçun million dollar garov puli belgilagan.
Tergovning körsatişiça, ölganlardan köpçiligi mustaqil nafas ololmagan va palliativ yordam olgan. Biroq ba'zi bemorlarning ahvolini yaxşilaş mumkin bölgan. Ölimlar 2015 yildan 2018 yilgaça oraliqda qayd qilingan.
Xyuzel 2018 yil dekabrida 5 yil davomida işlagan Maunt-Karmel şifoxonasidan böşatilgan va tibbiy litsenziyadan mahrum etilgan.
Şifokor advokatining aytişiça, uning mijozida heç kimni öldiriş istagi bölmagan va u “rahmdillik” nuqtai nazaridan harakat qilgan.
Şifokor va şifoxonaga qarşi 20 dan köproq sud arizalari topşirilgan. Şifoxona uşbu holatlar uçun uzr söragan va ularning ba'zilarini yuz minglab dollar tölab hal qilgan.
Ma'lum qilinişiça, ba'zi qotilliklar Xyuzelning topşiriğiga köra boşqa şifokorlar tomonidan amalga oşirilgan. Biroq prokuratura Xyuzelning topşiriqlarini bajargan va uning şubhali harakatlariga e'tibor qaratişi kerak bölgan uşbu xodimlarga qarşi ayblovlar bildirmoqçi emas. Ta'kidlanişiça, uşbu iş böyiça tergov davom etmoqda.












