Xabaringiz bor, 2019-öquv yilidan boşlab IELTS sertifikati Özbekistondagi oliy öquv yurtlariga kirişda bir qator imtiyozlar taqdim etadi.
Test sinovlari majmuasiga ingliz tili birinçi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlari uçun IELTS 5.5, asosiy fan bölmagan bakalavriat ta’lim yönalişlar uçun IELTS 4.5 körsatkiçi bilan kiriş imtihonlarida eng maksimal ball beradi.
Uşbu test natijasida olinadigan sertifikat nafaqat yurtimizda, şu bilan birga butun dunyo böylab ham köplab imtiyozlar taqdim etişini körişimiz mumkin.

Uşbu testning boşqa testlardan afzalligi nimada?
Hozirgi kunda IELTS 140 dan ortiq mamlakatlarda 10.000 dan ortiq taşkilot va ta’lim muassasalari tomonidan tan olinadi va eng işonçli ingliz tili testi sifatida e’tirof etiladi. IELTSga tayyorgarlik köriş va imtihondan muvaffaqiyatli ötiş uçun internet tarmoğida minglab öquv qöllanmalari, bepul darslar va turli xizmatlar mavjud. British Council taşkiloti esa uşbu testlarni ötkaziş böyiça Özbekistonda mas’ul taşkilot hisoblanadi.
Qalbaki IELTS haqidagi habarlar rostmi?
Afsuski, test juda maşhur bölganligi bois ba’zi noqonuniy harakatlar ham uçrab turadi. Lekin bundan umuman qörqiş kerak emas. Çunki uşbu testni sotiş yoki sotib oliş, taniş-biliş işlatiş kabi holatlar bölmasligi uçun IELTS testlarini işlab çiqaruvçi taşkilot — Cambridge Assessment juda kuçli nazoratni örnatgan. Şu bois uşbu test 60 yillik katta tajribaga ega. IELTSning xalqaro miqiyosda obrösi va hurmati juda yuqori.
Özbekistonda IELTS, TOEFL va boşqa köplab xalqaro sertifikatlarni turli kompyuter dasturlari yordamida özgartirib, yuqori ball körsatib reklama qilayotgan öquv markazlar, öqituvçilar haqida köpçilikning xabari bor. Facebook, instagram va köplab internet naşrlarida reklama qilingan xizmatlar orasida ayni şunday qalbaki sertifikatlarni uçratiş mumkin. Işga kiruvçilar orasida ham soxta sertifikatlar uçrab turadi.

Nima sababdan bu holatlar köpaymoqda?
















