Niderlandiya milliy jamoasi Millatlar ligasi yarim finalida Angliyani mağlub etib, turnir finaliga yöl oldi.
Portugaliyaning Gimaraynş şahrida keçgan bahsning asosiy vaqtida jamoalar har ikki bölim örtalarida bittadan töp kiritişdi. 32-daqiqada himoyaçilarning xatosidan keyin belgilangan penaltini Markus Reşford aniq amalga oşirib hisobni oçdi, 73-daqiqada esa burçak töpidan keyin boşi bilan darvozani işğol etgan Matteys de Ligt muvozanatni tikladi. Natijada öyin overtaymlarda davom ettirildi.
Qayd etiş kerak, mazkur bahs ham VAR bilan boğliq golli epizodsiz ötmadi. 83-daqiqada Lingard Barklining pasidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib, gol urdi; ammo VAR`ga murojaat qilgan hakam Jyessi öyindan taşqari holatda qolgan deb topib, golni bekor qildi.

Qöşimça bölimlarning 7-daqiqasida Kayl Uokerning avtogoli bilan «uçar hollandlar» hisobda oldinga çiqib olişdi. 114-daqiqaga kelib, Angliyaning himoyadagi navbatdagi xatosi ortidan yakun hisob örnatildi – gol muallifi bölgan Promesga birinçi bölimda de Ligtning goliga assistentlik qilgan Depay sönggi pasni aniq uzatdi.
Millatlar ligasining ilk ğolib va sovrindorlari şu hafta oxirida aniqlanadi. Yakşanba kuni niderlandlar mezbon Portugaliyaga qarşi finalda, inglizlar esa Şveytsariya bilan uçinçi örin uçun bahsda maydonga tuşadi.
Millatlar ligasi
1/2 final, 6 iyun
Niderlandiya – Angliya 3:1 (0:1, 1:0, 1:0)
Gollar
: 0:1 – 32, penalti Reşford, 1:1 – 73 de Ligt, 2:1 – 97, avtogol Uoker, 3:1 – 114 Promes.
Niderlandiya
– Sillessen, de Ligt, Blind, Dumfris, van Deyk, Depay, de Ron (van de Bek, 68), Bergveyn (Propper, 90), Veynaldum, Babel (Promes, 68), de Yong(Strotman, 114).











