Kompaniya nomi brendning rivojlanişi uçun muhim ahamiyatga ega. Axir jarangdor nom raqobatçilar olomoni orasida ajralib turişga yordam beradi. Ijodkorlar neyming – savdo markasi uçun betakror nom öylab topiş jarayonida ançadan beri katta pul işlab topişmoqda.

Kompaniya logotipiga qarab uni tanib oliş qiyinçilik tuğdirmaydi. Biroq abbreviaturasi nimani anglatişini biliş haqida bunday deb bölmaydi.

IKEA

Foto: Depositphotos

IKEA — şved tilidagi biror ma'noni anglatadigan söz emas. Kompaniya asosçisi Ingvara Kamprada (IK) ism-familiyasining boş harflari, uning oilaviy fermasi Elmtaryd (E) va yaqinda joylaşgan qişloq Agunnaryd (A) ning boş harfidan iborat.

Adidas

Foto: Depositphotos

Keng tarqalgan fikrlarga köra, Adidas sözi AllDay IDream About Spors ma'nolarini anglatadi. U “Men kuni böyi sport haqida orzu qilaman” deya tarjima qilinadi. Aslida esa Adidas sözi brend asosçisi Adolf Dasslerning erkalatib Adi deb atalişidan olingan.

BMW

Foto: Depositphotos

Bayerische Motoren Werke — bunday uzun nomni logotipga joylaştiriş imkonsiz, şuning uçun motor zavodining nomi BMW harflari ortiga yaşiringan.

Lego

Foto: Depositphotos

Daniyalik konstruktor işlab çiqaruvçi brend nomida bolalar uçun yöriqnomani namoyiş etdi. U Daniya tilida «leg godt», ya'ni «yaxşi öyna» ma'nosini anglatadi.