Özbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Içki işlar vazirligi bölinmalari uçun mobil qurilmalarga möljallangan ilova taqdim etilgan edi.
Mirzo Uluğbek tumanidagi Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi uçun yaratilgan mazkur “Xavfsiz hudud” mobil ilovasi bir qator qulaylik va afzalliklarga ega.
Xususan, “Tezkor qönğiroq” tugmasi orqali tuman Içki işlar boşqarmasi markazi işonç telefon raqamiga qönğiroq qiliş va zaruriy murojaatlarni amalga oşiriş mumkin.
Bundan taşqari “Yangiliklar” rukni orqali IIV tizimida amalga oşirilayotgan eng sönggi islohotlar va özgarişlar haqida tezkor boxabar böliş, ilovada joylaşgan kompas orqali esa eng yaqin IIB bölimi qayerda joylaşganini bilib oliş imkoniyati mavjud.
Şuningdek, “Jarima hisoblagiç” rukni foydalanuvçiga transport vositasidan foydalanilganda amalga oşirilgan qoidabuzarlikka qança jarima belgilanişi lozimligini körsatib beradi.
“Qidiruvdagi şaxslar” rukni — turli jinoyatlarni sodir etib, hozirda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qidirilayotgan şaxslar haqida ma'lumotlar va ularning suratlari bilan berilgan.
Şu bilan birga ilova foydalanuvçilari tezkor foto va video tasvirlarni IIBga yuborib, jinoyat yoki qoidabuzarlik sodir etilişining oldini olişda öz xizmatlarini qöşişi mumkin.
Hajmi 28 megabaytgina bölgan ilovani quyidagi manzil orqali köçirib oliş mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.mymiracle.xavfsizhudud











