Eronning neft-kimyo sanoatiga nisbatan joriy etilgan Amerika sanksiyalari xalqaro qonun-qoidalarga ziddir. Bu haqda Eron TIV matbuot kotibi Abbos Musoviy bayonot berdi, deb yozmoqda Anadolu.
Avvalroq AQŞ Eronning eng yirik neft-kimyo holdingi Persian Gulf Petrochemical Industries (PGPIC) va uning 39 ta şö'ba korxonalari va filiallariga nisbatan sanksiya joriy etgan edi.
Eron TIV matbuot kotibining sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron bilan muzokaralar olib borişga tayyor ekanligi töğrisidagi bayonoti bir hafta ötar-ötmas befoyda ekanligi bilinib qolgan.
Diplomat jahon hamjamiyatini AQŞ tomonidan xalqaro huquq prinsiplarining oşkora poymol etilayotganiga munosabat bildirişga çaqirgan.
Uning sözlariga köra, bu qadam iqtisodiy terrorizm namunasi hisoblanadi.
«AQŞning maksimal bosim ötkaziş siyosati muvaffaqiyatsizdir, bu çorani ilgari Amerikaning boşqa prezidentlari ham qöllaşgan. AQŞ hokimiyati bu yöl bilan biror maqsadiga erişa olmaydi», — degan Musoviy.
Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy yadro bitimi doirasida Eronning manfaatlari hisobga olinmasa Tehron keyingi 60 kun içida uranni boyitişni qayta tiklaşini ta'kidlab ötgan edi. 2015 yilda imzolangan yadroviy bitimga köra Tehron özining yadroviy dasturiga çeklovlar joriy etişi evaziga Eronga nisbatan sanksiyalar bekor qilinişi nazarda tutilgan edi. 2016 yilning 16 yanvarida Erondan sanksiyalarning katta qismi olib taşlangan edi.
2018 yilning 8 mayida AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning Eron bilan yadroviy bitimdan çiqişini va bu mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalarning birinçi bosqiçi joriy etilişini e'lon qildi. Şundan söng Eron hokimiyati BMT xalqaro sudiga AQŞning bir tomonlama sanksiyalari mamlakatlar örtasida 1955 yilda imzolangan «Döstlik, iqtisodiy munosabatlar va konsullik huquqlari töğrisida»gi bitimga zid ekanini asos qilib murojaat qilgan.
AQŞ 2018 yilning 5 noyabrida Tehronga nisbatan sanksiyalarning ikkinçi paketini joriy etdi va u Eronning energetika, kemaçilik hamda moliyaviy sektorini qamrab oladi. Sanksii, xususan, Eron milliy neft kompaniyasining xalqaro faoliyatini çegaralaydi, xalqaro moliya taşkilotlariga Eronning markaziy banki va boşqa banklari bilan operatsiyalar ötkazişni taqiqlaydi.

















