Donald Tramp AQŞ “Tinçlik buloği” operatsiyasini boşlaganligi sababli Turkiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilişini ma'lum qildi.

Trampning qayd etişiça, agarda Turkiyaning Suriyadagi harakatlaridan qoniqiş hosil qilmaydigan bölsa, Vaşington Anqaraga nisbatan çeklovlarni qayta tiklaşga tayyor.

Uning sözlariga köra, agar Anqara Vaşington bilan erişilgan kelişuvni bajarmasa, AQŞ Turkiya mahsulotlariga nisbatan bojxona tölovlarini sezilarli darajada oşiradi.

Bundan taşqari, AQŞ boşqa davlatlarni Suriya bilan çegaradagi nazoratni mustahkamlaşda Turkiyaga yordam berişga çaqiradi, deb qöşib qöydi Tramp.