7 iyun kuni Samarqand viloyat Toyloq tumanida yöl transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
7 iyun kuni soat 19:30 larda Samarqand viloyati Urgut tumanida yaşagan 47 yoşli B.B. öz boşqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomaşinani Toyloq tumani Şokkaş mahallasi hududidan ötuvçi «Toyloq-Urgut» yölining 3-kilometrida haydab ketayotib, boşqaruvni eplay olmay, yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan va Toyloq tumanida yaşagan 27 yoşli A.H. boşqaruvidagi «Damas» rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan.
Avtohalokat oqibatida ikkala avtomaşina haydovçisi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlaş joiz, Urgut-Toyloq yöli Samarqand viloyatidagi eng serqatnov hududiy yöllardan biri hisoblanadi.
Uşbu yölning qarama-qarşi yönalişdagi «polosalari» tösiqlar yordamida ajratilmagan. Ikki tomonga harakatlaniş uçun ham atigi bitta «polosa» ajratilgan. Yölning torligi, yoritilmasligi, qarama-qarşi yönalişlar tösiqlar yordamida ajratilmagani va ayniqsa yöl qoplamasi sifatli bölmagani sabab bu yölda tez-tez yöl transport hodisalari bölib turadi.













