Keyingi paytda tahririyatimizga köplab ota-onalar tomonidan tuğma yurak nuqsoni (yurak porogi) kasalligi bilan boğliq (xayriya aksiyasini uyuştirib berişni sörab qilingan) murojaatlar soni köpaydi. Şundan kelib çiqqan holda tuğma yurak nuqsonlari töğrisida ma'lumot berib ötamiz. Tuğma yurak porogi qanday xastalik? Kasallikning kelib çiqişi, uni taşxislaş, davolaş va oldini oliş yöllari nimalardan iborat?
Bu savollarga javob oliş uçun bugun malakali şifokor-kardioxirurg Jamşidjon Pirnazarov bilan suhbat uyuştirdik.
— Tuğma yurak nuqsoni kasalligi haqida umumiy tuşunça berib ötsangiz.
— Tuğma yurak nuqsoni, ya'ni yurak porogi homilaning dastlabki 3 oyligida, bolaning yuragi rivojlanişida ma'lum bir taşqi yoki içki faktorlar sababli yurakning morfologik özgarişidir. Ya'ni, yurakning rivojlanişida turli buzilişlar paydo böladi. Şu sababli farzand tuğma yurak nuqsoni bilan tuğiliş ehtimoli bor.
— Tuğma yurak nuqsonlarining kelib çiqiş sabablari qanday?
— Tuğma yurak nuqsonlari kelib çiqişi böyiça nevrologik tuğma nuqsonlar va suyak-muşak tizimi nuqsonlaridan keyin 3-örinda turadi. U bolalarning erta ölimiga sabab böladigan kasalliklar qatorida turadi.

Juda köpçilikni bu kasallik qanday kelib çiqişi qiziqtiradi. Ota-onalarning birinçi savoli «nima sababdan bolam bunaqa holatda tuğildi?» degan savol böladi.
Tuğma yurak nuqsonining kelib çiqiş sababi hali töliq örganilmagan. Olib borilgan izlanişlar kasallikka 30dan ortiq sababni körsatadi. Birinçi örinda homila paydo bölgandan keyin bolaga infeksiya yuqişi. Ya'ni onadan infeksiya ötişi. Bundan taşqari, taşqi muhit, zararli ob-havoning ta'sir qilişi natijasida ham bu kasallik kelib çiqişi mumkin. Homilador ayolning nevrologik holati ham ta'sir qilişi mumkin. Hozirgi kunda eng köp sababçi bölayotgan omillardan yana biri bu homilador ayolning spirtli içimliklar yoki tamaki mahsulotlarini iste'mol qilişidir.
Ota-onalarni köp qiynaydigan savollardan yana biri - kasallikka ota sabab böldimi yoki ona? Bu hali töliq isbotlanmagan, lekin ma'lum bir foizda gen orqali ötadi, degan taxmin ham bor.













