https://ok.ru/videoembed/1617399057087

Uning aytişiça, yurakni quvvatlantiruvçi dorilar yöq. Yurak kasalliklarining oldini olişning yagona yöli – soğlom turmuş tarzi, ya'ni parhez va jismoniy faollik.

«Tadqiqotlarga köra, 1998 yilda Turkiya va Özbekistonda parhez bilan boğliq yurak xastaliklari 100 ming kişiga 400ta holat töğri kelgan. Hozir yurak xastaliklari Özbekistonda 100 ming kişiga 890ta töğri kelmoqda, bu böyiça dunyoda uçinçi öringa çiqib olgan. Turkiyada esa bu körsatkiç qariyb 4 baravarga qisqargan – har 100 ming kişiga 100 kişi atrofida.

Turkiya bunga parhezni özgartiriş orqali erişdi. Ular yoğli, xamirli, kraxmalga boy ovqatlardan voz keçib, sabzavot-mevalar, dengiz mahsulotlari iste'moliga ötişdi. Yurak uçun oqsillarga va murakkab uglevodlarga boy ozuqalar tanovul qiliş kerak», – dedi Abdurahmonov «Tez yordam» körsatuvining 3 avgustdagi sonida.

Kardioxirurg yurak uçun jismoniy faollikning ahamiyatini ta'kidlab ötdi.

«Yurak bu – muşak. Qöl muşaklari baquvvat bölişi uçun maşq qilinganidek, yurak uçun ham maşq kerak. Yuguring, harakatlaning, yugurişga imkon bölmasa, köproq piyoda yuring, maşinadan kamroq foydalaning. Ortiqsa vazn bilan ham kuraşiş kerak.

Yurak uçun örik şarbatini içsa böladi, lekin u kasallikka davo emas. Yurak uçun kaliy foydali, ammo kaliy saqlovçi preparatlarini organizmda kaliy miqdorini nazorat qilgan holda qabul qiliş mumkin», – dedi Abdusalom Abdurahmonov.