08:50 / 10.06.2019
6538

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr vakillarini mag‘lub etdi

Andijonda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi misrlik tengqurlariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. O‘yinda «Nasaf» vakillarining gollari o‘zbekistonlik futbolchilarga g‘alaba keltirdi.

32-daqiqada darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borgan Bobur Abduxoliqov sovuqqonlik bilan harakat qilib, hisobni ochgan bo‘lsa, 90+4-daqiqada Aziz G‘aniyev jarima zarbasini golga aylantirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 2:0.

O‘rtoqlik o‘yini
9 iyun, yakshanba
O‘zbekiston OTJ — Misr OTJ 2:0

Gollar: 1:0 — 32 Bobur Abduholiqov, 2:0 — 90+2 Azizjon G‘aniyev.
O‘zbekiston — 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Dilshod Saitov, 8.Nurillo To‘xtasinov (23.Oybek Bozorov, 85), 10.Bobur Abduholiqov (7.Sharof Muhitdinov, 74), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.Shohruh Abdurahmonov, 90+1), 15.Oybek Rustamov (6.Aziz G‘aniyev, 62), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin G‘ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov (9.Asad Sobirjonov, 90+3)
Misr — 1.Salah Omar, 4.Jalal Osama (15.Reda Sherif, 46), 5.Abdul Salom Muhammad, 6.Sobir Mahmud, 8.Mohir Nosir (14.Hamdi Ahmad, 66), 11.Muhammad Mustafo (24.Mansi Nosir, 76), 12.Tavfiq Akrom, 17.Ramazon Ahmad, 18.Sobir Muhammad (3.Ayman Ahmad, 82), 19.Hamdi Ammar (9.Xolid Omar, 90+1), 20.Ashur Imom (10.Yosir Ahmad, 46).
Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 70, Mirjahon Mirahmadov 88.

Top