Tokio-2020 yo‘llanmasi tikilgan Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi. O‘zbekiston jiddiy guruhda
Amaldagi chempion Janubiy Koreya, Xitoy va Eron olimpiyachilari bilan o‘ynaydi.
2020 yil yanvarida Tailandda o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi.
Qur'a natijasiga ko‘ra, musobaqaning amaldagi g‘olibi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «C» guruhida Janubiy Koreya, Xitoy va Eron OTJga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.
Chempionat 2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailandning to‘rtta shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Yaponiya olimpiyachilari Olimpiada mezboni bo‘lishgani bois, yuqori uchlik orasida yaponlar ham bo‘lgan taqdirda, to‘rtinchi o‘rin sohibi ham litsenziya egasiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yosh toifasida 2018 yili bo‘lib o‘tgan qit'a birinchiligida Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya termasi chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. OTJning hozirgi avlodiga serbiyalik Lyubinko Drulovich ustozlik qilmoqda.
Mavzuga oid
22:04 / 29.05.2019
Fotoreportaj: Drulovich O‘zbekiston OTJni ilk marta Olimpiadaga olib chiqish harakatida
19:00 / 26.03.2019
O‘zbekiston milliy olimpiya jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqdi
18:53 / 22.03.2019
O‘zbekiston OTJ ilk rasmiy o‘yinida Hindistonni yirik hisobda mag‘lub etdi
10:22 / 22.03.2019