AQŞ adliya vazirligi Buyuk Britaniya hukumatiga Wikileaks asosçisi Julian Assanjning AQŞga ekstraditsiya qilinişi böyiça rasmiy sörov yubordi. Bu haqda Washington Post naşri öz manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Amerikalik yuqori lavozimli mansabdor şaxs noma'lum bölib qoliş şarti bilan sörov 6 iyunda yuborilganini ma'lum qilgan. Ikki davlat örtasidagi kelişuvga köra, bu sörov Assanj hibsga olingandan keyin 60 kun içida, ya'ni 10 iyungaça yöllanişi kerak edi.
Naşrning ta'kidlaşiça, kelişuvga köra ekstraditsiya böyiça sörov yuborilgandan keyin AQŞ Assanjga yangi ayblovlar bildira olmaydi. Avvalroq Wikileaks AQŞ adliya vazirligi Assanjga qarşi yangi ayblovlar tayyorlaganini ma'lum qilgan.
Assanj 11 aprelda 2012 yilda sudga kelmagani uçun berilgan order va Şvetsiya hamda AQŞ hukumati talablariga köra Ekvador elçixonasida hibsga olingandi. 1 may kuni u garov puli evaziga ozodlikka çiqiş şartini buzganligi uçun 11,5 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
AQŞ hukumati Assanjga josuslik va maxfiy ma'lumotni oşkor qiliş ayblovlarini bildirgan. Unga 175 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. Britaniya sudi jurnalistning AQŞga ekstraditsiya qilinişi böyiça qaror qabul qilişi kerak böladi. Uşbu iş böyiça sud jarayoni 12 iyundan davom ettiriladi.













