«B» Pro-ligada iştirok etib kelgan Buxoroning ikkita klubi – “Zarangari” va “Ittifoq Buxoro” jamoalari musobaqadan çetlaştirildi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qömitasi hamda Özbekiston professional futbol ligasi Ijroiya qömitasining qöşma yiğilişida şu haqda qaror qabul qilindi.

Joriy yilning 23 aprel kuni bölib ötgan B Pro-liganing 3-turi doirasidagi “Zomin” – “Zarangari” jamoalari örtasidagi uçraşuvga “Zarangari” klubi belgilangan vaqtda kelmagani uçun jamoaga nisbatan texnik mağlubiyat qayd etilgan edi. Şuningdek, 4 iyun kuni bölib ötgan B Pro-liganing 9-turi doirasidagi “Orol” – “Zarangari” jamoalari örtasidagi uçraşuvga ham “Zarangari” klubi belgilangan vaqtda kelmagani uçun texnik mağlubiyat qayd etilgan.

Qolaversa, “Zarangari” qatnaşçilik badalini ÖzPFLga joriy yilning 20 mart kuniga qadar tölaşi lozimligi belgilangan bölsa-da, ötgan davr mobaynida futbol klubiga bir neça marotaba ogohlantiriş berilganiga qaramasdan qatnaşçilik badalini hozirgi kunga qadar töliq tölamagani ma'lum böldi.

Şuningdek, Buxoro viloyatining “Ittifoq” futbol klubi ÖzPFL tomonidan  futbolçilarga berilgan tegişli litsenziyalar qalbakilaştirilgani, U-18 jamoasi taşkil etilmagani, qatnaşçilik badalini ÖzPFLga joriy yilning 20 mart kuniga qadar tölaşi lozimligi belgilangan bölsa-da, ötgan davr mobaynida klubga bir neça marotaba ogohlantiriş berilganiga qaramasdan qatnaşçilik badalini hozirgi kunga qadar töliq tölamagani, jamoa boş murabbiyi Şerzod Sattorov kelişilgan öyinlarda iştirok etgani aniqlangani ma'lum böldi. 

“Zarangari” futbol klubi 2019 yilgi musobaqalarni ötkaziş reglamentining 15.8. hamda 6.24-bandiga asosan Özbekiston çempionatining B Pro-ligasidan çetlaştiriladi. 

Buxoro viloyatining “Ittifoq” futbol klubi ham 2019 yilgi musobaqalarni ötkaziş reglamentining xuddi şu bandlari hamda Intizom kodeksining 5.35-bandiga asosan Özbekiston çempionatining B Pro-ligasidan çetlaştirildi.

Uşbu ikki jamoa hozirga qadar mavsum hisobidan ötkazilişi lozim bölgan öyinlarning yarmini hali öynab ulgurmagani sabab Reglamentga köra, ularning hozirga qadar ötkazgan bahslari natijalari töliq bekor qilinadi.

Mazkur klublarga özlari şartnoma imzolagan futbolçilar va boşqa işçi xodimlar bilan şartnomada şu kungaça belgilangan şartlarni töliq bajariş majburiyati yuklanadi. 

2019 yilning 12 iyun sanasidan boşlab har ikki klub futbolçilari erkin agentga aylanadi va ularga 9 iyul sanasidan boşlab boşqa klublar bilan şartnoma imzolaşga ruxsat etiladi.