Özbekiston futbol assotsiatsiyasi qoşida taşkil etilgan maxsus inspeksiya totalizator va kelişilgan öyinlarda iştirok etayotgan şaxslarni aniqladi.

ÖFA bergan rasmiy ma'lumotga köra, «B» Pro-liga iştirokçisi Buxoroning «Zarangari» klubi rahbari Furqat Toirovning ÖzPFLga taqdim etgan xati asosida assotsiatsiya maxsus inspeksiyasi suriştiruv işlarini olib borgan.

Xatda «Zarangari» futbol klubining beş nafar futbolçisi kelişilgan öyinlarda gumon qilinayotgani aytilgan bölib, ularning ism-şariflari aniq körsatib ötilgandi. Keyinroq ma'lum böldiki, klub rahbariyatining özi nohalol futbolga yöl oçib bergan va bu işga unamagan futbolçilarni tuhmat tariqasida jamoadan çetlaştiriş çorasini körmoqçi bölgan.

«Zarangari» futbol klubi rahbari Furqat Toirov «Zarangari»da moliyaviy muammolar borligini rökaç qilib, jamoaning barça işlariga endilikda Şerzod Sattorov javobgar bölişini futbolçilarga rasman ma'lum qilgan (Şerzod Sattorov ÖzPFL röyxatidan «Ittifoq-Buxoro» futbol klubi boş murabbiyi sifatida ötgan). «Zarangari» futbolçilari F.Toirovdan hozirgi kungaça bölgan moliyaviy hisob-kitobni amalga oşirişini talab qilişgan. Mana şu masalada muammo kelib çiqqan.

Keyinroq Ş.Sattorov barça masalani özi hal qilişini, kerak bölsa transfer oynasi oçilmayoq yangi futbolçilarni jamoaga olib kelişga qudrati yetişi haqida aytgan. Oylikdan taşqari pul işlaş niyatida bölgan futbolçilar uning körsatmasi bilan totalizatorda iştirok etişlari kerakligini uqtirmoqçi bölgan. 

ÖFA maxsus inspeksiyasi Furqat Toirov hamda Şerzod Sattorovlarning futbolçilar bilan suhbatlari yozilgan audioyozuvni töliq qölga kiritdi. Ma'lum böldiki, Ş.Sattorov hamda F.Toirov rejasiga unamagan futbolçilarni ÖzPFL orqali gumonlantirilib, ulardan xalos bölişni istagan. Rahbarlardan farqli ölaroq, futbolçilar alohida-alohida suhbatdan ötkazilganda, ularning fikrlari asosli bölib çiqdi, jamoa a'zolari faktlar asosida körsatma berdi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, ÖFA Intizom va odob-axloq (etika) qömitasi qaror qabul qildi. Unga köra, «Ittifoq-Buxoro» jamoasi boş murabbiyi Şerzod Sattorovning qilmişlari keçirib bölmas, deb hisoblandi va u bir umrga futbolga aloqador barça faoliyatdan çetlaştirildi.

Ş.Sattorov Buxoro viloyatidagi maktablardan birida jismoniy tarbiyadan ham dars berişi haqida aytib ötdi. Yoş avlodni uning kabi kişilar boşqarmasligi kerak deb hisoblanib, ÖFA qömita qarorini mazkur maktabga ham taqdim etadi. Şuningdek, audioyozuvlarga köra, Ş.Sattorov ÖFA hamda ÖzPFLning ayrim xodimlarini haqorat qilgan, ularga jiddiy tuhmatlar yoğdirgan.