Rossiya prezidenti Vladimir Putin giyohvand modda sotişda ayblanib uy qamoğiga olingan «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovning kaltaklangani borasida tekşiruv ötkaziş iltimosiga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda 10 iyun kuni Putin bilan uçraşgan Rossiyadagi inson huquqlari böyiça vakil Tatyana Moskalkova ma'lum qildi.
«Unga öz nuqtai nazarimni aytdim va Ivanga nisbatan kuç işlatişganidan taşviş bildirib bu borada xizmat tekşiruvi ötkazilişi kerakligini ma'lum qildim. Boş prokuratura dastlabki tergov ustidan nazoratni davom ettirişi kerakligini söradim. Prezident bu fikrlarga ijobiy munosabatda böldi», — dedi Moskalkova.
Asosiy ofisi Latviyada joylaşgan «Meduza» internet-naşrining tadqiqotçi jurnalisti Ivan Golunov ötgan hafta oxirida Moskvada qölga olingandi.
Uni yirik miqdordagi narkotik moddalarni saqlaşda ayblaşgan. Uning özi bu iş uyuştirilganini iddao qilmoqda.
Şanba kuni Moskvadagi Nikulin sudi Golunovni soğligidagi muammolarga qaramasdan uy qamoğiga hukm qildi.
Ivan Golunov sudda özining aybsizligini ma'lum qilgan.












