Portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonseka «Roma» boş murabbiyi etib tayinlandi.
Klub rasmiy saytiga köra, u «börilar» bilan 2 yillik şartnoma imzolagan. Bitimda muddat yana bir yilga uzaytirilişi mumkinligi qayd etilgan.
Fonseka uç mavsumdan buyon Donetskning «Şaxtyor» klubini boşqarayotgandi. Bu vaqt içida u Ukraina çempioni bölib, uç marta mamlakat kubogini qölga kiritdi, bir bor Superkubokda ham ğolib çiqdi.
46 yoşli Paulu bunga qadar vatani Portugaliyada bir qator klublar, jumladan «Portu», «Pasuş de Ferreyra» va «Braga» jamoalarida boş murabbiy bölgan.
Ma'lumot uçun, «Roma» 2018/19 mavsumini Eusebio Di Françesko va Klaudio Raneri qöl ostida ötkazib, A Seriyada 6-örinni oldi. Italiya kubogida çorak finalga çiqqan jamoa YeÇLda nimçorak finaldan ortga qaytdi.












