Davlat qabul komissiyasining qaroriga köra, Özbekistondagi 5ta OTM uçun hujjatlarni barça şahar va tumanlardagi DXMlar orqali topşiriş mumkinligi belgilandi. Bular:
1. Toşkent davlat yuridik universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Guliston davlat universiteti
4. Farğona davlat universiteti
5. Samarqand davlat universiteti
Qayd etiş kerakki, joriy yilda davlat xizmatlari markazi orqali barça OTMlar uçun hujjatlar topşiriş mumkinligi, endilikda abituriyentlar OTMga borişi şart emasligi, öz tumanida ham hujjat topşira olişi haqida aytilgandi.
Ma'lumot uçun, bugungi kunda respublikaning har bir tumanida 201ta şunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uçun esa DXMlarning 50dan ortiq şoxobçalari faoliyat körsatmoqda.
DXMlar orqali hujjat topşiriş uçun faqatgina 2ta hujjat söraladi:
- fuqarolik pasporti (pasport yoşiga yetmaganlar uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma);
- umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).
Imtiyozga ega bölgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovçi hujjatni taqdim etişi lozim.
Test uçun tölov miqdori kamaytirildi. Abituriyentlar endi oliygoh hududida hujjat topşirmaydi










