Kasbiy ta’lim taşkilotlariga 11-sinf negizida boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari böyiça hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Tibbiyot texnikumlarining keçki va dual ta’lim şakllari, şuningdek, xalqaro ta’lim dasturlariga ham arizalar 10 sentyabrga qadar my.edu.uz platformasi orqali topşiriladi.
Tibbiyot texnikumlarining kunduzgi şaklidagi mahalliy ta’lim dasturlariga kiriş istagida bölgan abituriyentlar esa OTMlarga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boşlab 10 kun davomida tegişli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlab, tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötadi.
Boşqa texnikumlarga kiriş sinovlari yozma imtihon şaklida ötkaziladi.
2026-2027 öquv yili uçun 641 ta texnikumga jami 134 960 ta qabul örni ajratilgan. Şundan 61 550 tasi davlat granti hisoblanadi.
Kunduzgi ta’lim şakli uçun 87 700 ta örin ajratilgan bölib, ularning 39 390 tasi davlat grantidir. Keçki ta’lim uçun 4 440 ta, dual ta’lim uçun esa 42 820 ta örin belgilangan. Dual ta’limdagi örinlarning 22 160 tasi davlat granti asosida.
Texnikumlar röyxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanişiş mumkin.










