Amerikaning «Çernobil» seriali namoyişidan söng sayyohlar Çernobilning Belarusdagi qismiga köproq qiziqa boşladi. Bu haqda Polessk radiatsion-ekologik qöriqxonasi direktori örinbosari Maksim Kudin ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, mart oyida uşbu hududda yetti kişi bölgan, aprelda taşrif buyuruvçilar soni 64taga yetgan. Kudinning aytişiça, iyun-iyul oylari uçun sayohat jadvali allaqaçon tuzib bölingan.
«Oyiga öntadan guruh böladi», — dedi u.
Turoperatorlarga Polessk qöriqxonasi böylab sayohat uyuştiriş huquqini beruvçi qonun 2018 yil noyabrda imzolangan. Bu yerga asosan Polşa, Niderlandiya va sobiq sovet davlatlaridan sayyohlar keladi. Bitta guruh uçun ekskursiya narxi 160 dollardan 350 dollargaçani taşkil etadi.
Polessk radiatsion-ekologik qöriqxonasi 1988 yilda radiobiologik va ekologik tadqiqotlar ötkaziş uçun taşkil etilgan. Uning hududida 96ta taşlandiq aholi maskani joylaşgan.
Beş qismdan iborat «Çernobil» serialining birinçi qismi 6 mayda namoyiş etildi. Serial 1986 yil 26 aprelda yuz bergan Çernobil AESi halokati haqida hikoya qiladi.

















