Toşkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Çirçiq şaharlari, Sirdaryo viloyatining Şirin şahri, Navoiy viloyatining  Zarafşon şahri va Surxondaryo viloyatining Şarğun şaharçasi respublika böysunuvidagi şahar va şaharçalari böldi. 

Bu haqda prezidentning 2019 yil 4 iyun kuni qabul qilingan «Respublika böysunuvidagi şaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5738 sonli farmonida belgilangan.

«Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12ta ştat birligidan iborat Respublika böysunuvidagi şaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş bölimi taşkil etildi.

Bölim faoliyati Boş vazir tomonidan muvofiqlaştiriladi.

Bölim Toşkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Çirçiq şaharlari, Sirdaryo viloyatining Şirin şahri, Navoiy viloyatining  Zarafşon şahri va Surxondaryo viloyatining Şarğun şaharçasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça vazifalarni samarali hal etilişini ta'minlaydi.

Şuningdek, şaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoşligini tubdan oşiriş, innovatsion faoliyatni rivojlantiriş, şaharlarni işlab çiqarişga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini töliq işga soliş, şaharlarda aholi daromadlari ösişini ta'minlaş kabi vazifalar bölimning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Şaharlarni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar har çorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati yiğilişlarida körib çiqiladi», deyiladi Adliya vazirligining Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida berilgan xabarda.

Bundan avvalroq, Toşkent viloyatining 4ta hududiy birligi viloyatdan ajratib olingani töğrisida xabar berilgandi.