11 iyun kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyati Payariq tumanida Matiz hamda «Gaz-322132» maşinalari örtasida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deb xabar beradi «ZarNews.uz».

Tergovga qadar tekşiruv hujjatlariga köra, R.M boşqaruvida bölgan Matiz Payariq tumani «Çoştepa» mahallasi hududidan ötuvçi 4 K 505 avtomobil yölining «Al-Buxoriy-Lazzat» yönalişi orqali kelayotib, asosiy yölning «Eşimoqsoqqa» kiriş avtomobil yöliga çiqib ketgan.

Matiz yengil maşinasi asosiy yölda «Samarqand—Çelak» yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan haydovçi G.Q.ning boşqaruvida bölgan «Gaz-322132» rusumli avtomaşina bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasini sodir etgan.

Sodir etilgan yöl-transport hodisasi oqibatida yölovçilar yengil maşina içida bölgan ikki nafar yölovçi va haydovçi G.Q.lar tan jarohatlari olib, şifoxonaga murojaat qilgan.